Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va «propiska» bo‘yicha davlat xizmati bir vaqtda ko‘rsatiladi
Hukumat ayrim qarorlariga fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish tartibotlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ushbu manzilga mulkdorlarni doimiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlarini bir vaqtda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
- ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yo‘lga qo‘yish.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birga:
- tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmati o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘radi;
- YaIDXP va tegishli axborot tizimlarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.
Mavzuga oid
15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti
10:20 / 19.10.2024