O‘zbekiston | 07:50 / 24.10.2024
3808
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti

Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilmoqda. 

Unga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga, jumladan, davlat mulkini garovga qo‘yish, baholash va ommaviy savdolarga chiqarish, davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibini bekor qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarning homiylikka sarflanadigan xarajatlarini, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Avvalroq “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. Hujjat davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 

Qonun davlat mulkiga egalik qilish va (yoki) undan foydalanish, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tartibini, boshqaruv organlariga bo‘lgan talablarni, davlat mulki reyestrini yuritish va ma’lumotlarni oshkor etish tartibini belgilaydi.

Mavzuga oid