O‘zbekiston | 21:56 / 10.09.2022
51417
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand ShHT sammitiga tayyor (foto)

Foto: KUN.UZ

15-16 sentabr kunlari Samarqandda Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkaziladi.

Samarqandda ShHTga a’zo mamlakat rahbarlari so‘nggi uch yilda ilk marta yuzma-yuz ko‘rishadi. Shuningdek, sammitda birinchi marta tashkilot sammitida 15 mamlakat rahbari ishtirok etadi.

Sammit boshlanishiga sanoqli kunlar qolgan pallada Samarqand anjumanni o‘tkazishga tayyor. Shahar ko‘chalariga ShHT va unga a’zo mamlakatlar bayroqlari, sammitga bag‘ishlangan afishalar ilingan. Sammit arafasida Samarqandda zamonaviy aeroport, xalqaro sayyohlik markazi qurildi. Markaz hududida jami 10 ta obekt bunyod etildi, 2 ta 5 yulduzli, 6 ta 4 yulduzli mehmonxona, kongress holl hamda karvonsaroy kompleksi qurildi.

Anjuman arafasida qurib bitkazilgan «Boqiy shahar» majmuasi ham tashrif buyuruvchi mehmonlar e’tiboridan chetda qolmaydi. Majmuada milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, Chorsu sharq bozori, barcha viloyatlardan kelgan usta-hunarmandlarning ijod namunalaridan bahramand bo‘lish mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda,  Samarqand yirik siyosiy anjumanni o‘tkazishga har tomonlama tayyor. Anjumanga allaqachon xorijiy mehmonlar tashrif buyurishni boshlagan. Samarqand mintaqadagi xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama etilish uchun qulay maydon bo‘lishga tayyor.

Mavzuga oid