«Schyotchik»lar nosozligida ularni yangisiga almashtirish xarajati kim hisobidan qoplanishi aytildi
Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan o‘tkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa, ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar kimlar hisobidan qoplanishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Hukumat 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglamentlar tasdiqlangan.
Reglamentlarga muvofiq, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar hisobga olish uskunalarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, suv ta’minoti yoki hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 215-5-moddasiga ko‘ra, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Shunga ko‘ra bu sohada ta’minotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, hisoblagich uchun ortiqcha mablag‘ undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki info@adliya.uz elektron pochtaga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
15:09 / 04.03.2024
2024 yilda davlat budjeti xarajatining 50 foizdan ortig‘i ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi
07:50 / 26.02.2024
Xorijiy til sertifikati olishda imtihon xarajatidan tashqari 6 oylik o‘qish puli ham qaytariladi
09:51 / 28.11.2023
Pensiyalar eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilanadi
07:47 / 16.08.2023