Toshkentdan Termizga uchgan samolyot Buxoro aeroportiga yo‘naltirildi
Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan Termizga uchgan samolyoti Buxoro aeroportiga yo‘naltirildi. «Novosti Tashkenskogo neba» Telegram-kanali xabar berishicha, HY-065 yo‘lovchi reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti — kuchli shamol va chang bo‘roni tufayli Buxoro shahridagi zaxira aeroportga yo‘naltirilgan. FlightRadar24 ma’lumotlariga ko‘ra, 11 sentabr kuni soat 7:40 da uchgan samolyot soat 9:00 da Buxoro aeroportiga qo‘ngan.
Uzbekistan Airways matbuot xizmati ham holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aviakompaniya 11 sentabr kuni Toshkent—Termiz yo‘nalishi bo‘yicha HY-065 reysi Termiz shahridagi ob-havo sharoiti (kuchli qum shamoli) tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘nganini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, hozirda 124 nafar yo‘lovchi Buxoro xalqaro aeroportida bo‘lib turibdi. Termiz shahrida ob-havo o‘zgarishi bilan HY-065 aviaqatnovi belgilangan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
22:49 / 05.11.2024
Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ikki marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
21:13 / 20.10.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi
19:30 / 14.10.2024