Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat «Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi
32-yalpi majlisda muhokama qilingan ushbu qonun rad etilishiga sabablardan biri vazirliklarga qo‘yiladigan vazifalarga aniqlik kiritilmagani bo‘lgan.
Senat navbatdagi yalpi majlisida “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjud.
Senat qonun vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda O‘zbekistondan chiqib ketayotgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olgan shaxslarga tenglashtirilishi va ularga nisbatan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliq solish va pensiya miqdorini hisoblab chiqarish tartibi qo‘llanilishi Soliq kodeksi normalariga zid ekanligiga e’tibor qaratgan.
Shuningdek, qonunda Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatiga tashqi mehnat migratsiyasi sohasida bir xil tusdagi vakolatlar, ya’ni noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasiga qarshi kurashishda ishtirok etishlari nazarda tutilgan.
O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ–3654-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga noqonuniy jarayonlar va omillarga bevosita “qarshi kurashish” yoki “qarshi kurashishda ishtirok etish” kabi vazifalar yuklatilmagan.
Bunday vakolatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadigan Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatiga mansub ekanligi bois, Tashqi ishlar vazirligiga berilayotgan ushbu vakolat doirasi mavhum bo‘lib qolgan.
Qonun 15 dan ortiq muhim konseptual, mazmuniy hamda tahririy tuzatishlarni talab etishi, unda bir qator yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilmaslik holatlari, turli imloviy xatoliklar hamda normalar o‘zbek va rus tillaridagi matnlarida o‘zaro nomuvofiqliklar mavjudligi sababli qayta ko‘rib chiqish lozim deb topildi va rad qilindi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
21:12 / 20.11.2024
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun patent narxi 30 foizga oshadi
20:53 / 19.10.2024
Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500-2000 dollardan kam maosh olsa, ular uchun shu yerda sharoit yaratishimiz kerak - prezident
18:50 / 18.10.2024