Namangan viloyatidagi tuman va shaharlar chegaralarini o‘zgartirish ma’qullandi
Senat o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani, Namangan shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Namangan shahar aholisi 670 ming kishini tashkil etmoqda. Shaharda bir yilda aholi o‘rtacha o‘sishi 30,3 ming kishini tashkil etishi hisobga olingan holda, 2040 yilga kelib aholi soni tabiiy ravishda 1,2 mln kishiga yetishi kutilmoqda. Namangan shahri o‘sib borayotgan aholisi ehtiyojlarini qondirish maqsadida prezidentning “Namangan shahrida “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,2 gektar (shundan 276 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonini Namangan shahri Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazish va o‘tkazilgan yer maydoni hududida “Yangi Namangan shaharchasi” kompleksini barpo etish taklifi ilgari surildi. Shaharchani bunyod etish uchun aynan shu hudud tanlanishiga hudud o‘ziga xos salqin iqlimi, “Namangan” xalqaro aeroportiga yaqinligi, viloyatni Toshkent shahri bilan bog‘lovchi 4R-112 yo‘li yoqasida joylashgani hamda eng oxirgi me’moriy yechimlar yordamida quriladigan shaharcha viloyat ma’muriy markaziga kiraverishda mehmonlar uchun alohida kayfiyat bag‘ishlashi, hududda tabiiy gaz, elektr energiyasi, oqova suv tarmog‘i hamda aloqa liniyasi kabi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjudligi kabi qator sabablar keltirilgan.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani, Namangan shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala Senat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganildi. Masala xalq deputatlari Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hamda Namangan viloyati kengashlari tegishli qarorlari bilan ma’qullangan.
Senatorlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024