Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda piyodalar yo‘lakchasida Lacetti urib yuborgan 11 yoshli bola halok bo‘ldi
Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Qashqadaryo viloyati IIb axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 sentabr kuni soat 14:01 larda 4R-79 Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz avtomobil yo‘lining Qarshi shahar “Mustaqillik” MFY hududidan o‘tgan 3-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qarshi tuman Kerayt qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.F. Lacetti mashinasi bilan Shahrisabz-Qarshi yo‘nalishida harakatlanib borib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan, Qarshi shahar “Otchopar” MFYda yashovchi, 11 yoshli Y.A.ni urib yuborgan. Oqibatda, voyaga yetmagan Y.A. og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Avvalroq, aynan Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz yo‘lida Nexia-2 mashinasi velosipedda yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib ketayotgan shaxsni urib yuborgan va u vafot etgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025