Fan-texnika | 11:05 / 15.09.2022
55677
6 daqiqa o‘qiladi

8 000 000 mijoz - Beeline Uzbekistan 16 yoshda

Foto: Beeline

12 sentabr kuni Beeline Uzbekistan navbatdagi tug‘ilgan kunini nishonladi. Shu kungacha u raqamli salohiyatini va telekommunikatsiya sohasi yetakchisi sifatidagi obro‘sini yanada mustahkamladi. Beeline o‘zining 16 yilligi arafasida Toshkent va Samarqand o‘rtasida qatnovchi «Afrosiyob» poyezdlari yo‘nalishi bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internetni ishga tushirdi. Afrosiyob poyezdlari yo‘nalishi bo‘ylab aloqani yanada yaxshilash ishlari davom etmoqda. Yil boshidan buyon kompaniyaning baza stansiyalari soni 1500 dan ortdi, faol abonentlari esa 1 million kishiga oshdi. Shunday qilib, hozirda Beeline Uzbekistan xizmatlaridan mamlakatimizning 8 milliondan ortiq aholisi foydalanishmoqda.

Beeline Uzbekistan’ning mijozlar orasida mashhurligining asosi innovatsion raqamli mahsulotlar bo‘lib, ishga tushirish vaqtida ularning aksariyati mamlakatda noyob bo‘lgan. Shunday qilib, abonentlar Beeline Uzbekistan, Beepul, Beeline TV, Beeline Music mobil ilovalarini yuqori baholadilar. Abonentlar bazasini segmentatsiyalashga jiddiy e’tibor qaratgan holda, operator turli maqsadli auditoriya ehtiyojlariga eng to‘liq javob beruvchi Konstruktor tariflarini yaratdi. Natijada Beeline Uzbekistan abonent bazasi yaxshi o‘sishni ko‘rsatdi.

Barcha operator xizmatlarining yuqori sifati rivojlangan infratuzilma bilan kafolatlanadi. Kompaniya tomonidan O‘zbekistonda ishga tushirilgan baza stansiyalarining umumiy soni 14 mingdan oshdi. Asosiy maqsad barcha mijozlarni yuqori tezlikdagi mobil internet va uning asosida raqamli xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Hozirda Beeline aloqasi mamlakat aholisining 92 foizdan ortig‘i istiqomat qiluvchi hududni qamrab olgan. 70 foiz 4G Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega, 2022 yilning boshidan bu ko‘rsatkich 8 foizga oshgan. Zamonaviy raqamli xizmatlar eng chekka hududlarda paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini oshirishga g‘amxo‘rlik qilgan holda, operator xorijlik mehmonlar uchun mashhur hududlarda qo‘shimcha baza stansiyalarini ishga tushiradi. 2022 yilning yozida Toshkent va Samarqand o‘rtasida qatnovchi «Afrosiyob» poyezdlari yo‘nalishida mobil internet tezligi oshirildi. Samarqandda asosiy turistik infratuzilma obektlari, xususan, yangi ochilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro markazi yaqinida aloqa sifati yaxshilandi.

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham qo‘llab-quvvatladi. Beeline IT-mutaxassislarining yangi avlodini tayyorlash, telekommunikatsiya sohasi va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq kasblar nufuzini oshirishga qaratilgan yirik tadbirlarning hamkori yoki tashabbuskori hisoblanadi. Birgina joriy yilning o‘zida kompaniya AntiHack Challenge, Tumaris.Tech, ASTRUMHACK 2022 2022 xakaton kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.

Kompaniyaning rivojlanishi, uning O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishdagi ishtiroki mehnat bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 16 yil davomida Beeline Uzbekistan o‘n minglab ish o‘rinlari, jumladan, dilerlik tarmog‘i va hamkor kompaniyalarda tashkil etilishiga bevosita yoki bilvosita hissa qo‘shdi. Yildan yilga operatorning kadrlar siyosati ekspertlar hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmoqda. Shunday qilib, o‘tgan yili Beeline Uzbekistan o‘zining mamlakatdagi eng yaxshi ish beruvchilardan biri maqomini tasdiqladi va EMBRAS 2021 mukofotining birdaniga ikkita – “Iste’dodlarni rivojlantirish” va “Ochiq muloqot” yo‘nalishlari bo‘yicha laureati bo‘ldi.

“Beeline mamlakatimizda o‘n olti yildan beri faoliyat yuritmoqda, ammo hozir bizning rivojlanishimiz o‘sish sur’atlari juda qizg‘in rivojlanmoqda. Biz yangi baza stansiyalari, yangi abonentlar soni va O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha o‘z rekordimizni yangiladik. Ayni damda biz mamlakat hukumati bilan maksimal darajada o‘zaro hamjihatlikka erishdik va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqdamiz. Shunday ekan, hozir tarixni eslash vaqti emas, balki oldinga qarash va yangi g‘alabalarni rejalashtirish vaqti keldi!” – deydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 8 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Beeline kompaniyasi matbuot xizmati 

Mavzuga oid