Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron ShHTga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish jarayoni 2021 yilda boshlangandi.
Samarqandda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va ShHT bosh kotibi Chjan Min Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.
Abdullohiyonning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Eronning ShHTga a’zo bo‘lishi jarayoni bilan bog‘liq barcha hujjatlar mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan ma’qullangan va ko‘rib chiqish hamda yuridik jarayonlar uchun parlamentga yuborilgan.
«Bundan buyon turli iqtisodiy, savdo, tranzit va energetik hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ydik», - deb ta’kidladi u.
ShHT bosh kotibi Chjan Min bugungi kunni Eron va tashkilot uchun muhim kun deb atadi.
"Eron Islom Respublikasining mintaqadagi kuchli va barqaror mamlakat sifatidagi holati ShHT uchun muhim hisoblanadi. Eronning a’zo mamlakatlar guruhiga qo‘shilishi Shanhay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi”, - dedi u.
Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish jarayoni 2021 yilda boshlangandi.
ShHTning navbatdagi sammiti Samarqandda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025