O‘zbekiston | 18:49 / 15.09.2022
9440
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida global ahamiyatga ega tashabbus bilan chiqadi - ekspertlar

Sammitda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston yetakchilari ishtirok etishi ma’lum qilingan.

Foto: KUN.UZ

Samarqandda o‘tkazilayotgan ShHT sammiti Yevrosiyoning so‘nggi yillardagi eng katta siyosiy forumi bo‘ladi, chunki qit’aning eng yirik tashkiloti yetakchilari uch yil ichida ilk marta yuzma-yuz uchrashishadi.

Kun.uz manbasining so‘zlariga ko‘ra, sammitda “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” maqolasida ushbu uchrashuvdan kutilayotgan natijalar haqida fikr bildirgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chiqishiga katta e’tibor qaratiladi. 

Mazkur maqolada O‘zbekiston rahbari xususan, “ShHTning Samarqand sammiti umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi o‘zaro hurmat, ishonch, konstruktiv hamkorlik prinsiplariga asoslangan yangi, inklyuziv muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida o‘ziga xos namuna bo‘la oladi” deb ishonch bildirgan.

Ekspertlar O‘zbekiston prezidenti sammitda global ahamiyatga ega yirik diplomatik tashabbus bilan chiqishini taxmin qilmoqda.

ShHTning Samarqand sammitida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston yetakchilari ishtirok etishi ma’lum qilingan.

Mavzuga oid