«Vaziyat juda keskin». «LXR» rahbari ukrain qo‘shini butun front bo‘ylab hujumga o‘tganini ma’lum qildi

Ukraina qurolli kuchlari butun front bo‘ylab hujum boshlagan. Bu haqda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «Luhansk xalq respublikasi» rahbari Leonid Pasechnik ma’lum qildi.
«Vaziyat juda keskin», — deya Pasenchikning bayonotini keltiradi TASS. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukraina qo‘shini «LXR» chegarasida turibdi.
Shu bilan birga, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublika rahbari «ortiqcha vahimaga asos yo‘qligi, respublika odatiy rejimida yashayotgani»ga ishontirgan.
«Qarshi hujumga urinishlari baribir to‘xtatiladi, qo‘shinlarimiz tomonidan yakson etiladi», — deya qayd etgan Pasechnik.
14 sentabr kuni «LXR» xalq militsiyasi vakili Andrey Marochko ukrain qo‘shini respublika chegaralariga yaqinlashib kelayotganini aytgandi. «Vaziyat chindan murakkab», — degandi Marochko va «LXR» hududi «to‘lig‘icha nazorat ostidaligi»ni qo‘shimcha qilgandi.
Mavzuga oid

15:21
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi

14:24
VsIOM: Rossiyaliklar Ukraina va AQShni o‘zlarining asosiy dushmani deb hisoblashmayapti

08:24
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi

20:22 / 19.05.2025