Si Jinping ShHT sammitida kechki ovqatni koronavirus cheklovlari tufayli o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi
XXR raisi Si Jinping payshanba oqshomida Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida 11 davlat rahbarlari bilan kechki ovqatda qatnashmadi.
Reuters agentligining O‘zbekiston hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Si Jinping koronavirusga qarshi ehtiyot choralari tufayli kechki ovqatni o‘tkazib yuborgan.
Agentlik Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi yetakchilar payshanba kuni kechqurun kechki ovqatga borgan chog‘ida olingan suratlarda Xitoy rahbarining bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi.
Reuters’ning aniqlik kiritishicha, bu 69 yoshli Si Jinpingning COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri birinchi xorijiy safari.
Eslatib o‘tamiz, 15 sentabr kuni barcha taklif etilganlar Samarqandga yetib kelishdi, uchrashuvlar boshlandi. Sammitning birinchi kuni yakunida mehmonlar uchun norasmiy qabul tashkil etildi.
Shavkat Mirziyoyev mehmonlarni Samarqand shahri sayyohlik markazidagi «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishtirdi. Mehmonlar milliy taomlardan ham tanovul qilib ko‘rdi.
Mavzuga oid
12:44 / 17.11.2024
«Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz». Bayden va Jinping Peruda uchrashdi
08:20 / 24.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Si Jinping va Abdulfattoh as-Sisi bilan suhbatlar o‘tkazdi
22:54 / 19.10.2024
Si Jinping Xitoy armiyasini urushga tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirdi - OAV
21:21 / 17.10.2024