Jahon | 14:59 / 19.09.2022
22072
4 daqiqa o‘qiladi

Xarkivda Rossiya armiyasidan qolgan qamoqxonalar va og‘ilxonaga aylangan cherkov. Urush suratlari

Xarkiv oblastining ozod etilgan qismlarida yarim oy davom etgan istilo vaqtidagi harbiy jinoyatlar izlari aniqlanishi davom etmoqda. Kozacha Lopan posyolkasidagi yerto‘lalarda, Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, so‘roqlar uchun kamera va qamoqxona tashkil etilgan. Malaya Kamishevaxa qishlog‘ida rossiyalik harbiylar Avliyo Troitskiy ibodatxonasidan dala hospitali sifatida foydalanishgan. Izyumda shahar rossiyaliklar tomonidan ishg‘ol etilgan vaqtda halok bo‘lganlarning jasadlarini eksgumatsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Xarkiv oblasti prokurori Oleksandr Filchakov 16 sentabr kuni «Nastoyashcheye vremya» efirida aytishicha, urush qurbonlari ko‘milgan hududdan tinch aholi vakillari bo‘lgan 445 kishi qabri va Ukraina harbiy xizmatchilarining bitta umumiy qabri aniqlangan.

Quyida 18 sentabr, urushning 207-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kozacha Lopanda yerto‘lalardagi turma

Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati xodimlari qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘ralgan vokzal yerto‘lasiga kirmoqda. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Xarkiv oblastining ozod etilgan Kozacha Lopan posyolkasidagi bu yerto‘ladan Rossiya istilosi vaqtida so‘roqlar o‘tkazish joyi sifatida foydalanilgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Temiryo‘l vokzali yerto‘lasidagi xona. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, bu joyda rossiyalik harbiylar mahalliy aholi vakillarini so‘roq qilgan.
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA
Darvozasiga Z harfi bitilgan imorat. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, bu binoda Rossiya harbiylari Kozacha Lopan aholisi vakillari qiynoqqa solingan qamoqxona tashkil etishgan.
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina rasmiylari Rossiya istilosi vaqtida qiynoq kamerasi sifatida foydalanilganini aytgan yerto‘ladagi ko‘rpa-to‘shaklar.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Odamlar qiynoqqa solingani aytilayotgan yerto‘lada turgan ukrainalik askar.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Izyumdagi qabristonda eksgumatsiya

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod qilingan Izyum shahrida jasadlarni eksgumatsiya qilish. Jasadlar ekspertizadan o‘tkazish uchun Xarkivga olib ketiladi. Mahalliy hokimiyat organlariga ko‘ra, eksgumatsiya ishlari taxminan ikki hafta vaqt oladi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya armiyasining Malaya Kamishevaxadagi tashlandiq dala hospitali 

Xarkiv oblastining Malaya Kamishevaxa qishlog‘idagi Avliyo Troitskiy ibodatxonasi istilo vaqtida rossiyalik harbiylar tomonidan dala hospitaliga aylantirilgan. Foto: Yakiv Lyashenko
Malaya Kamishevaxa qishlog‘idagi Avliyo Troitskiy ibodatxonasida «Tiva» yozuvi o‘yib tushirilgan stul. Tuva respublikasi Rossiyaning barcha regionlari orasida Ukrainada halok bo‘lgan askarlari soni aholi nisbatiga ko‘ra eng yuqori bo‘lgan hududdir.
Foto: Yakiv Lyashenko
Ukraina ichki ishlar vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Anton Gerashchenko cherkovdan olingan videoni e’lon qildi va unga shunday izoh yozib qoldirdi: «cherkov og‘ilxonaga aylantirildi».
Foto: Yakiv Lyashenko

Xarkiv oblastining ozod etilgan qismidagi hayot 

Ukrain harbiylari tomonidan yaqinda ozod etilgan Izyumda vayron bo‘lgan bino oldida o‘tirgan kishi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Izyumlik 85 yoshli ayol o‘z uyi hovlisida taom pishirmoqda
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Izyumdagi ko‘p qavatli uy hovlisida tushlik qilayotgan olti yoshli bola .
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastining Prudyanka posyolkasida shikastlangan avtomobil
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Ruska Lozova qishlog‘idagi uyda tomni tuzatayotgan kishi. Uning uyi hovlisida — okoplar qazilgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid