Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi migratsiya markazida xorij fuqarolarini harbiy xizmatga olish yo‘lga qo‘yiladi
20 sentabr kuni davlat dumasi Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni qabul qildi.
Moskva hukumati «Saxarovo» migratsiya markazida xorij fuqarolarini Rossiyada harbiy xizmatga jo‘natishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyaninning saytida ma’lum qilindi.
«Yaqin vaqt ichida Moskva hukumati «Saxarovo»da xorij fuqarolarini harbiy xizmatga olishni tashkillashtirishda Rossiya mudofaa vazirligiga yordam beruvchi to‘laqonli infratuzilmani ishga tushiradi»,— deyiladi xabarda.
20 sentabr kuni davlat dumasi Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni qabul qildi.
Qonunga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlarida kamida bir yil xizmat o‘tash bo‘yicha shartnoma imzolagan xorij fuqarolari Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin bo‘ladi.
Ilgari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun xorij fuqarolari kamida uch yil shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tashlari lozim edi.
Avvalroq Ukrainaga qarshi urushda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollanib ishtirok etishni istagan mahbuslarga to‘liq amunitsiya va qurol-yarog‘lardan tashqari, 6 oy davomida oyiga 100 ming rubl maosh va’da qilingandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025