Jahon | 14:33 / 21.09.2022
29018
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkiv oblastida Rossiya istilosidan keyin nimalar bo‘lmoqda - urush suratlari

Sentyabrning ilk haftasida ukrain qo‘shini Xarkiv oblastida muvaffaqiyatli qarshi hujum o‘tkazib, uchta yirik shaharni (Balakliya, Izyum va yirik temiryo‘l tuguni joylashgan Kupyanskni) hamda 2500 kvadrat kilometr hududdagi boshqa o‘nlab aholi yashash manzillarini ozod etdi, shuningdek, front chizig‘i Oskol daryosi sharqiga surildi. Chekinayotgan rossiyalik harbiylar o‘nlab zirhli texnikalar va tonnalab o‘q-dorilarni tashlab ketishdi. Ozod etilgan hududlarga aholi qayta boshladi. O‘tgan oylar davomida istilo ostida bo‘lib, dunyodan to‘liq uzilib qolgan aholi vakillari esa Ukrainaning boshqa hududlarida nimalar bo‘lib o‘tganidan endigina xabardor bo‘lishmoqda. 

Quyida 20 sentabr, Ukrainadagi urushning 209-kunida Xarkiv oblastida olingan suratlar.

Izyum hududida Shimoliy Don ustidan o‘tgan ko‘prik mart oyi boshida ukrain harbiylari tomonidan portlatilgan. 1 apreldan 11 sentabrga qadar shahar Rossiya istilosi ostida qoldi va Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv oblastida keng ko‘lamli qarshi hujumga o‘tishi natijasida ozod etildi. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi Tsupovka qishlog‘ida yashovchi Valeriy Balandyuk istilo vaqtida nobud bo‘lgan itini ko‘mmoqda. U qishloqqa bir necha kun oldin qaytgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ozod etilgan Izyum shahri aholisi rossiyalik bosqinchilar tomonidan okoplarni mustahkamlash uchun tayyorlangan xodalarni tashib ketmoqda - ulardan qishda uyni isitish uchun foydalaniladi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Izyum shahrida yashovchilar Ukrainaning boshqa hududlarida yashovchi qarindoshlaridan kelgan jo‘natmalarni qabul qilmoqda. Istilo vaqtida shahar dunyoning boshqa qismidan deyarli uzilib qolgandi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Kupyansk ko‘chalarida navbatchilik qilmoqda. Bu shahar — Xarkiv oblastidagi muhim temiryo‘l tuguni hisoblanadi, bu yerdan Rossiyaning Xarkiv oblastidagi qo‘shinlari ta’minoti amalga oshirilgan. 12 sentabr kuni ukrain harbiylari Kupyansk markazi va shaharning g‘arbiy qismini egalladi, 18 sentabr kuni rossiyalik harbiylar Kupyanskning Oskol daryosining sharqiy sohilidagi qismidan ham chekingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Izyum shahridagi turar joy hovlisida «Mina» haqidagi ogohlantirish taxtasi.
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / Vida Press
Izyumlik kishi otishmalar vaqtida shikastlangan bino oldidan velosipedda o‘tmoqda. Izyum shahar kengashi raisi Maksim Strelnikov xabar berishicha, Rossiya ishg‘oli vaqtida shaharda kamida ming kishi halok bo‘lgan, shahardagi infratuzilmaning 80 foizidan ortig‘i vayron bo‘lgan. Rasmiylarning birinchi galdagi vazifalaridan biri — issiqlik ta’minotini tiklash hisoblanadi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylarning Ukraina armiyasi qarshi hujumi vaqtida tashlab ketilgan sobiq pozitsiyasi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Izyumda vayron bo‘lgan uy xarobalari ostida qolgan avtomobillar.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina Milliy gvardiyasi sapyori Xarkivdan shimoldagi qishloq yo‘lini tekshirmoqda. Bu yer yaqingacha Rossiya qo‘shini nazoratida edi.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
 Ukrain jangchilari Xarkiv shimolidan chekingan rossiyaliklar qoldirib ketgan tankni ko‘zdan kechirmoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina armiyasi askarlari Xarkiv atrofidan chekinish vaqtida rossiyaliklarning pozitsiyalarida qolgan yakson bo‘lgan texnikalarni ko‘zdan kechirmoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Xarkiv oblastining ozod etilgan hududlarida topilgan jasadlarni tashimoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Izyumlik ayol mart oyida shahar o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining qabri tepasida.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Eksgumatsiya qiluvchi mutaxassislar ishga kirishishdan oldin. Xarkiv oblasti prokurori Oleksandr Filchakovga ko‘ra, Izyum shahri rossiyaliklar istilosidan ozod etilgach, tinch aholi vakillarining 445 qabri — shuningdek, ukrain harbiy xizmatchilari ko‘milgan yana bir ommaviy qabr topilgan. Ayrim jasadlarda qiynoq izlari qolgan.
Paula Bronstein / Getty Images
Xarkiv oblastidagi Prudyanka posyolkasidagi dala maydonida yakson etilgan yengil mashina
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Izyumning front chizig‘iga yaqin hududlarda harbiy harakatlar izlari.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid