Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchixonasi o‘zbekistonliklar uchun 600 dan ortiq noimmigratsion vizalarga suhbat o‘rinlarini ochadi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 28 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da 600 dan ortiq noimmigratsion vizalar uchun suhbat o‘rinlari ochilishini ma’lum qildi.
«Suhbat o‘rinlari faqat O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun bo‘lib, noyabr oyidan yanvar (2023) oyigacha bo‘lgan kunlar uchun ochiladi. Suhbat o‘rinlarini egallash faqat onlayn tizim orqali amalga oshiriladi», – deyiladi elchixona bayonotida.
Shuningdek, elchixona, agar suhbat belgilash uchun vositachilar yordamidan foydalanilsa va viza arizadagi ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lsa (masalan, telefon raqami yoki elektron pochta manzili), suhbatni bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirgan. Barcha arizalarda aloqa uchun ma’lumot to‘g‘ri ko‘rsatilishi lozim.
Bundan tashqari, O‘zbekiston rezidentlari suhbat belgilash uchun dastlab onlayn anketa – DS-160 formani to‘ldirishi va shtrix-kod raqamiga ega bo‘lishi kerak.
«Suhbat belgilashga tayyor bo‘lgach, o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni aynan viza arizasi (DS-160 forma)da ko‘rsatilganidek kiritishingiz lozim. Quyidagi tasvirda suhbat belgilash uchun qanday ma’lumotlar talab etilishi ko‘rsatilgan», – deyiladi elchixona axborotida.

Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:28 / 26.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
09:39 / 25.05.2025