Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga boshpana berishga tayyorligini bildirdi
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezerning so‘zlariga ko‘ra, «Putin rejimiga qarshi chiqqanlar» Germaniyadan boshpana olish uchun ariza berishi mumkin.

Foto: Reuters
Germaniya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga boshpana berishga tayyor. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Putin rejimiga qarshi chiqqanlar» Germaniyadan boshpana olish uchun ariza berishi mumkin.
«Qoidaga ko‘ra, shafqatsiz repressiya xavf solayotgan dezertirlar Germaniyada xalqaro himoya olishadi. Putin rejimiga mardlarcha qarshi chiqqan va shu sababli hayoti xavf ostida qolgan har bir odam siyosiy ta’qibga asoslanib Germaniyadan boshpana olish uchun ariza berishi mumkin»,— dedi Fezer.
Vazirning aytishicha, Germaniya bir necha oydan buyon ta’qibga uchragan Rossiya rejimi tanqidchilarini qabul qilmoqda.
«Mazkur jarayon davomida tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 438 kishini qabul qildik»,— dedi Nensi Fazer.
Adliya vaziri Marko Bushman Twitter sahifasida «ko‘plab rossiyaliklar o‘z vatanini tark etishi»ni yozdi.
«Liberal demokratiyani sevadigan barchani Germaniyada ko‘rishdan xursandmiz»,— deb yozdi u.
21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik e’lon qildi.
Mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma’lumot berishicha, harbiy safarbarlikka 300 ming kishi jalb etiladi.
Mavzuga oid

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi

12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

23:34 / 26.05.2025