«Undan yaxshiroq nomzod bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyorman» – Prezident Toshkent viloyati hokimligiga Zoyir Mirzayev nomzodini taklif qildi
Ayni paytda Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida navbatda tashqari sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlayapti.
“Agar mendan prezident bo‘lib, tayyorlagan kadrlaringizni ko‘rsating deyilsa, ulardan biri sifatida Zoyir Mirzayevni ko‘rsatgan bo‘lardim. U juda og‘ir sharoitlarda, murakkab vaziyatdagi viloyatlarda ishladi. Zoyir Mirzayev juda ko‘p joyda kerak. Lekin men uni Toshkent viloyatiga olib keldim.
Men Toshkent viloyati hokimligiga Zoyir Mirzayev nomzodini taklif qilar ekanman, hozir ham shu vazifani bajara oladigan nomzod bo‘lsa ko‘rib chiqishga tayyorman.
Zoyir Mirzayevni Toshkent viloyatiga olib kelayotganimda aytganman – “sen hali Qashqadaryo viloyatini og‘ir deysan, Toshkent viloyatidagi vaziyat ikki karra og‘ir”. Poytaxtning yonginasi bo‘lgan Chinoz tumanida ichimlik suvi muammo.
Shuning uchun bugun men balandparvoz nutqlarni chetga surib, hokimlikka nomzodning takliflarini eshitsak, uning muammolarini yechish ustida ishlasak”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
07:31
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
17:59 / 20.11.2024