Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi
O‘zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyyarto bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari o‘zaro tashriflar yakunida qabul qilingan qarorlarini sifatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, ishbilarmonlar kengashi navbatdagi yig‘ilishi va O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat BMT, YeXHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirishi ta’kidlandi.
Delegatsiyalar tovar ayirboshlash hajmini oshirish va tuzilmasini diversifikatsiya qilish, sarmoya kiritish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, biznes sub’yektlari bevosita aloqalarini qo‘llab-quvvatlash, mintaqalararo aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish muhimligini qayd etdi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
16:01 / 21.05.2025