Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaning saratonni davolash texnologiyalari O‘zbekistonga olib kelinadi
Saraton kasalligini davolashning innovatsion texnologiyalarini O‘zbekistonga transfer qilish masalasi muhokama qilindi.
Amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lgan O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deya xabar berdi “Dunyo”.
Gachon universiteti Saraton va diabet kasalliklari instituti prezidenti Cyong Jin Kim bilan muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida barcha sohalarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Muloqot davomida universitet tomonidan bajarilayotgan kattalar va bolalarda og‘ir saraton kasalligini davolashning innovatsion texnologiyalari o‘rganilib, O‘zbekistonga transfer qilish masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar taqdimotlar orqali O‘zbekiston va Janubiy Koreyada tibbiyot va biotexnologiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni namoyish qildi.
Delegatsiya vakillari institut laboratoriyalarida ham bo‘lib, zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025