Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada birinchi marta ayol kishi bosh vazir bo‘lishi mumkin
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parlament saylovlarida o‘ng qanot milliy koalitsiyasi 43,3 foiz ovoz to‘plagan. Italiyada birinchi marta ayol bosh vazir bo‘lishi mumkin.
25 sentabr, yakshanba kuni Italiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari yakunlandi. Mamlakatda saylov uchastkalari soat 23:00 da yopildi. Deputatlar palatasi va Senatga saylovlar bo‘lib o‘tdi. AFP agentligi ta’kidlashicha, ular tarixiy bo‘lishi mumkin. Saylovchilar mamlakatda Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta o‘ng qanot milliy hukumat paydo bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniqlashi kerak edi.
Rai davlat teleradiokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ng qanot kuchlari 43,3 foiz ovoz to‘plagan - Italiya saylov qonunchiligiga muvofiq, aralash saylovlarda bu parlamentda mutlaq ko‘pchilikni tashkil etishga imkon beradi. Ovoz berish natijalari bo‘yicha birinchi ma’lumotlarga ko‘ra, «Italiya birodarlari» partiyasi 24,6 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Uning rahbari, 45 yoshli Jorja Meloni koalitsion hukumatga boshchilik qilishi mumkin.
Shuningdek, unda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mos ravishda 8,5 va 8 foiz ovoz olgan Matteo Salvini boshchiligidagi partiya va sobiq bosh vazir Silvio Berluskoni boshchiligidagi partiya ham ishtirok etishi kutilmoqda. Rai telekompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘ng markazchilar alyansi Deputatlar palatasida 400 o‘rindan 227-257, Senatdagi 200 o‘rindan 111-131 o‘ringa ega bo‘ladi.
Enriko Lettaning chap qanot «Demokratik partiyasi», dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19,4 foiz, «Besh yulduz» populistik harakati - 16,5 foiz to‘plagan.
Italiyada avvalgi umumiy saylovlar bilan solishtirganda saylovchilarning ishtiroki sezilarli darajada kamaydi. Italiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 25 sentabr oqshomida u 50 foizni tashkil qilgan.
Agar «Italiya birodarlari» partiyasi saylovda g‘alaba qozonsa, uning rahbari Jorjv Meloni Italiya tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘ladi. Meloni o‘zini NATO tarafdori deb ta’riflaydi va Yevropa ittifoqining Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiyaga joriy qilgan sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. «Italiya birodarlari» o‘ng qanot konservativ millatchilik qarashlariga amal qiladi. Uning oldingi partiyalaridan biri neofashistik edi. O‘ta o‘ng partiya va o‘ng markaz «Olg‘a, Italiya» Kreml bilan yaqin aloqalarga ega.
Italiyada parlament saylovlarining rasmiy natijalari 26 sentabr, dushanba kuni e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025