O‘zbekiston | 11:11 / 26.09.2022
2934
1 daqiqa o‘qiladi

Nukus shahrida birinchi Orolbo‘yi forumi o‘tkaziladi

O‘zbekiston TIV rahbari muzliklar bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilishda ishtirok etdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikiston tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Nyu-York shahrida tashkil etilgan "Erib borayotgan kriosfera: yerosti suvlarini saqlash va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha tahdidlar" mavzusidagi yuqori darajadagi yig‘ilishda ishtirok etdi.

Vladimir Norov o‘z nutqida Orol muammosiga alohida to‘xtaldi. O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan Orol dengizining qurigan tubida himoya yashil maydonlarni yaratish, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning aniq natijalari haqida xabar berildi.

Ishtirokchilar joriy yil Nukus shahrida o‘tkaziladigan Birinchi Orolbo‘yi forumiga taklif qilindi. Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik trast fondi faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muhimligi ham e’tirof etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid