Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan IT-sohasida startap loyihalar tanlovi bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi
2022 yil 1 oktyabrdan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, grantlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur tadbirlar uchun Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan dastlabki bosqichda 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiradi.
2023 yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollari bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari saytlari va portallarini «Yagona darcha» tamoyili asosida o‘z ichiga oluvchi hukumat portali yagona platformasi ishga tushiriladi.
2023 yil 1 yanvarga qadar yagona elektron hujjat aylanish tizimi, xabarlar almashish messenjeri, yig‘ilish va tadbirlar kalendari, himoyalangan elektron pochta va videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari avtomatlashtirilgan ish joyi — Digital office elektron tizimi ishlab chiqiladi va birinchi bosqichda, sinov tariqasida AKT vazirligi tizimida, keyinchalik barcha davlat organlarida joriy etiladi.
Mavzuga oid
19:52 / 29.04.2025
O‘zbek tilida yozilgan birinchi startap qo‘llanmasi taqdim etildi
15:53 / 18.02.2025
Ayrim startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
11:20 / 08.02.2025
IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda
16:29 / 22.01.2025