O‘zbekiston | 13:15 / 28.09.2022
1799
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Shvetsiya infratuzilma sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

O‘zbekiston va Shvetsiya infratuzilma sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Shvetsiya Infratuzilma vazirligi bosh direktori o‘rinbosari – YeI va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Fredrik Alfer bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muloqot chog‘ida infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shvetsiya tomoni infratuzilmani, transport va energetika loyihalarini muhokama qilishni nazarda tutuvchi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasida ishtirok etishdan manfaatdorlik bildirdi.

Uchrashuv yakunida muntazam amaliy aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid