O‘zbekiston | 08:00 / 16.10.2024
4597
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yangi elchisi Stokholm shahriga keldi

Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya poytaxtiga keldi. U Stokholmga tayinlanishidan avval 2023-2024 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Rahmatulla Nurimbetov bugun tunda Shvetsiya poytaxtiga keldi.

U Stokholmga tayinlanishidan avval 2023-2024 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Diplomat 47 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DsC) darajasiga ega.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boshlagan.

2003 yildan buyon TIV tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, o‘tgan yillar davomida vazirlikning markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Germaniya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlab, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori vazifasida ishlagan.

Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024 yillarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.

Mavzuga oid