Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 19 yoshli qizni poyezd bosib ketdi
Qiz temiryo‘lning panjaralar bilan to‘silmagan qismidan o‘tayotganda teplovoz uni old tomoni bilan urib yuborgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumani hududida joylashgan temiryo‘lning Koson—Sug‘diyona poyezd bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan yuk poyezdi 19 yoshli qizni urib yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 25 sentabr kuni soat 13:42 larda Qashqadaryo IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga «Qarshi mintaqaviy temiryo‘l uzeli» UK navbatchisi Koson—Sug‘diyona temiryo‘l bekati oralig‘ining 4102-kilometr 9-to‘sig‘ida Buxoro—Qarshi yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk poyezdi odam urib yuborgani haqida xabar bergan.
Dastlabki surishtiruvda, jabrlanuvchi Qarshi tumani Yuqori obron mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan qiz ekani va u og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgani aniqlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida qiz temiryo‘lning panjaralar bilan to‘silmagan qismidan o‘tayotganda teplovoz old tomoni bilan urib yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:52 / 12.01.2024
Mashhur hokimdan navbatdagi “tomosha”: Koson hokimligi 48 fermerning yerini qaror bilan tortib oldi
22:02 / 08.08.2023