Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari OAVga tenglashtirilishi mumkin
2023 yil 1 iyunga qadar mamlakatda ommaviy axborot vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Foto: AP
Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining axborot siyosati xizmati «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi yangi qonun loyihasini jamoat muhokamasiga qo‘ydi, deb xabar berdi 24.kg.
Qonun bilan internet huquqiy jihatdan tartibga solinadi. Ya’ni internetda axborot tarqatayotgan barcha, xususan, blogerlarga OAV maqomi beriladi.
Nashrning qayd etishicha, bu me’yor ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga ham taalluqli, chunki ular ham internetda axborot tarqatadi.
Qonunga ko‘ra, xorijliklar ommaviy axborot vositasiga muassislik qila olmaydi.
2023 yil 1 iyunga qadar mamlakatda OAVni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taklif qilinmoqda. Bu muddatgacha qayta ro‘yxatdan o‘tmagan OAV faoliyatini to‘xtatgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025