Ummon O‘zbekistonga quyosh elektr stansiyalari bo‘yicha konsalting xizmatlarini taklif qildi
Ummon kompaniyasi O‘zbekistonda rejalashtirilayotgan quyosh elektr stansiyalari loyihalariga konsalting xizmatlar ko‘rsatishni taklif qilmoqda.
O‘zbekiston elchixonasida Ummonning Green Energy kompaniyasi bosh menejyeri Alirizo Bazrafshaniy bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Green Energy bosh menejyeri O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yetarlicha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
- Green Energy o‘zining asosiy yo‘nalishi sifatida energetika, xususan, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha istiqbolli loyihalarga konsalting xizmatlarini taklif etadi, - dedi Alirizo Bazrafshaniy. - Shu sababli kompaniya O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxonalarga xizmat ko‘rsatishga tayyor. Savdo-iqtisodiy va turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman. Kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar Ummon hamda mintaqa boshqa mamlakatlari bozorlariga eksportini tashkil qilish hamda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayyohlik turlarini tashkil etish uchun charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishi mumkin.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalarni batafsil o‘rganish va hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida kelgusida Green Energy vakillarining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
12:32
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
14:14 / 14.09.2024
O‘zbekiston Hind okeaniga chiqish uchun Ummon imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin
11:56 / 27.06.2024