Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vakolatli iqtisodiy operatorlarni tanlab olish talablariga o‘zgartirish kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining “Vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan vakolatli iqtisodiy operatorlar (operator) uchun belgilangan maxsus soddalashtirishlar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.
Bunda:
- mavjud guvohnoma turlari qat’iy 3 turga ajratildi: bojxona masalalarida operator, xavfsizlik masalalarida operator, bojxona va xavfsizlik masalalarida operator;
- operator bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuridik shaxslar turi aniq belgilanib, bojxona tashuvchisi o‘rniga tashuvchi (avia va avtotransport vositalarida) tushunchasi kiritildi;
- guvohnoma turlariga mos ravishda operator turlari bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi, bojxona ombor egasi, tashuvchi va bojxona brokerlariga sohaviy soddalashtirishlar berildi;
- kelgusida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi davlat idoralari, soliq, moliya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bozor nazorati, bank nazorati hamda sertifikatlash va litsenziyalash bo‘yicha mas’ul organlar tomonidan ham operatorlarni tan olish va imtiyozlar berish imkoniyati kiritildi.
Operatorlarni tanlab olishda belgilangan talab va mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishda belgilangan muddat tashuvchi va bojxona brokerlari uchun 2 yil etib belgilandi (1 yilga qisqartirildi);
- moliyaviy barqarorlik talablari kiritilib, uning metodologiyasi ishlab chiqildi;
- berilgan maxsus soddalashtirishlardan to‘g‘ri va to‘liq foydalanishini ta’minlash maqsadida operatorlikka nomzod tashkilot xodimini o‘qitish talabi belgilandi;
- bojxona auditi maqsadlarida o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha savolnoma ishlab chiqilib, bu orqali nomzodlar operatorlik talablariga javob berishda o‘zini tekshirish imkoni yaratildi;
- Operator maqomini olish uchun berilgan arizani berish va ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirildi. Qo‘mita saytida arizani onlayn to‘ldirish va tegishli hujjatlarni elektron yuborishni ta’minlovchi interaktiv xizmat turi ishlab chiqildi.
Operator maqomini olgan tadbirkorlik sub’yektlarini nazorat qilish mexanizmi takomillashtirildi:
- operatorlik maqomini berish jarayonini yanada shaffof va ochiqligini ta’minlash maqsadida VIO reyestri o‘rniga VIO AAT dasturi loyihasi ishlab chiqildi, uni realizatsiya qilish orqali hozirda qog‘ozda amalga oshiriladigan barcha ishlar elektron shaklga o‘tkazish hamda arizani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etadigan boshqarmalar bilan integratsiya qilish orqali real vaqt ichida ma’lumot olish imkoni yaratiladi;
- operatorlarni doimiy nazorat qilish va joyida tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida, operatorlik maqomini berish vakolati hududiy boshqarmalarga o‘tkazildi;
- operatorga (turiga ko‘ra) o‘z-o‘zini yilda bir marta auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish va bojxona organlariga natijalarini yuborish hamda ma’lumotlar almashish tartibi belgilandi;
- guvohnoma amal qilish muddati 5 yil etib qat’iy belgilandi.
Operatorlarni ikki tomonlama o‘zaro tan olish mexanizmi takomillashtirildi:
- ikki tomonlama bitim ishtirokchisi bo‘lish uchun operator sifatida 3 yil faoliyat yuritgan bo‘lish talabi bekor qilinib, har qanday xavfsizlik masalalarida operatorga bunday imtiyoz berilishi belgilandi;
- operatorlar kelgusida O‘zbekiston hukumati nomidan vakolatli tadbirkor sifatida faoliyat olib borishi nazarda tutilib, operatorlik bo‘yicha logotip tayyorlandi va undan reklama maqsadida foydalanish huquqi berildi.
Mavzuga oid
11:00 / 11.07.2024
2024 yilning birinchi yarmida ko‘chmas mulk savdosi 5,7 foizga qisqardi
15:21 / 02.06.2024
So‘m sezilarli darajada mustahkamlandi, oltin arzonlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi
10:29 / 27.10.2023
Rasman: O‘zbekistonda telefon raqamni saqlagan holda aloqa operatorini o‘zgartirish tizimi – MNP ishga tushdi
11:25 / 06.04.2023