Budjet kodeksidagi ayrim mablag‘larga xarajatlar smetasini tuzish talab qilinmasligi belgilanyapti
Moliya vazirining “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Budjet kodeksi 112-moddasi oltinchi qismida ko‘rsatilgan quyidagi mablag‘larga xarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydi:
a) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ijro etish jarayonida bo‘shaydigan;
b) tovar-moddiy qimmatliklar normativdan ortiq zaxiralari bo‘yicha hisobga olingan;
v) advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan to‘lanishi nazarda tutiladigan;
g) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchilarga qaytarish uchun nazarda tutiladigan;
d) davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslari qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun nazarda tutiladigan;
ye) budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun nazarda tutiladigan, budjet tashkilotlari xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno;
j) biryo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash uchun nazarda tutiladigan;
z) Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar to‘lash uchun nazarda tutiladigan;
i) transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan;
k) davlat qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston ishtirokchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan;
l) davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan;
m) saylov va referendumlar o‘tkazish uchun nazarda tutiladigan;
n) budjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan;
o) tijorat banklari va boshqa moliya institutlari ustav kapitalini shakllantirish va ko‘paytirish uchun nazarda tutiladigan;
p) rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari ajratish va Moliya vazirligi kredit liniyalarini ochish uchun nazarda tutiladigan;
r) soliq va budjet siyosati asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar hamda moliya yili mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va davlat budjeti xarajatlarini ko‘paytirishni talab qiladigan boshqa tadbirlar uchun mo‘ljallangan;
s) davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazib beriladigan;
t) Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetlari zaxira jamg‘armalarini shakllantirish uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar.
Bunda, ko‘rsatilgan mablag‘lar tegishli moliya organlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettiriladi (“m”, “s” va “t” kichik bandlarida keltirilgan mablag‘lar bundan mustasno)”.
Mavzuga oid
18:28 / 01.11.2024
Dori-darmonga 15,5 trillion so‘m - o‘zbekistonliklar nimalarga eng ko‘p xarajat qilmoqda?
14:50 / 21.10.2024
2024 yilda RF xarajatlari 1,5 trln rublga oshishi mumkin
15:09 / 04.03.2024
2024 yilda davlat budjeti xarajatining 50 foizdan ortig‘i ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi
07:50 / 26.02.2024