O‘zbekiston | 09:50 / 29.09.2022
1766
1 daqiqa o‘qiladi

Mobil-ID tizimidan qanday maqsadda foydalanilishi tushuntirildi

“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali Mobil-ID tizimidan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin ekani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, ular quyidagilar:

  • OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilar shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish); 
  • Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchi haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
  • elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
  • foydalanuvchi o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlari «Elektron hukumat» tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
  • foydalanuvchi o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarini davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar «Elektron hukumat» tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid