Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy bolalar uylarini tashkil qilmoqchi bo‘lganlar tutingan ota-onalarni tayyorlash kursida o‘qitiladi
Vazirlar Mahkamasining “Hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror prezidentning “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Prezidentning “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari faoliyatini muvofiqlashtirib borishi belgilangani bois, sohaga oid qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Oilaviy bolalar uylarini tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil qilingan tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida o‘qishi va tegishli sertifikatni olishi mumkin.
Jamoat xavfsizligi universiteti tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Universitetda “Mehribonlik” uylari, Oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi Bolalar uylari tarbiyachilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish pedagog xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Qaror loyihasining qabul qilinishi davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini talab etmaydi. Qaror loyihasi belgilangan tartibda Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
09:15 / 07.04.2025