Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarning elektron platformalar orqali savdoni amalga oshirishi tartibi o‘zgaradi
“Tovarlarni saqlash va tashish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra 2023 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlar tomonidan elektron tijorat ochiq raqamli ekotizimiga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari orqali mahsulotlar savdosini amalga oshirishda:
- soliq nazorati doirasida sotilgan tovarlar qo‘shimcha hisobi olib borilmaydi;
- bond omborlari orqali yakuniy iste’molchilarga yuboriladigan tovarlar xalqaro kurerlik jo‘natmalariga tenglashtiriladi.
Quyidagilar tasdiqlanadi:
- elektron tijorat ochiq raqamli ekotizimida mahsulotlarni saqlash, ichki va tashqi yuk tashish xizmatlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- elektron tijorat uchun logistika infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vazirlik qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi bilan birgalikda:
- eksport qiluvchilarga mahsulotlarini tashqi bozorlarga tashish xarajatlari uchun kompensatsiyalar taqdim etish jarayonlari raqamlashtirilishini 2023 yil 1 iyunga qadar ta’minlaydi;
- elektron tijorat ochiq raqamli ekotizimi orqali sotiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish, ularni saqlash va tashish jarayonlari maksimal darajada raqamlashtirilishini ta’minlash maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda doimo faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruh tuzadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar - yuridik va jismoniy shaxslar mahsulotlarni saqlash, yuk tashish va yuk tashuvchilar majburiy javobgarligini sug‘urtalash to‘g‘risidagi bitimlarni nizomda belgilangan tartibda, ixtiyoriy ravishda tuzadi.
Bitimlar ishtirokchilarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish ular raqamli ekotizimdagi o‘z ma’lumotlarini to‘ldirishi va ushbu ma’lumotlarni elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlashi orqali amalga oshiriladi.
Bitimlar ishtirokchilarini ro‘yxatga olish natijalari asosida raqamli ekotizim operatori ro‘yxatdan o‘tgan yuk tashuvchilar, omborlar, yuk egalari va sug‘urtalovchilar reyestrlarini shakllantiradi. Ushbu reyestrlar raqamli ekotizimda joylashtiriladi va barcha erkin foydalanishi uchun ochiq bo‘ladi.
Bitimlar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bepul va muddatsiz xususiyatga ega.
Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra:
- bitimlar ishtirokchilariga raqamli ekotizimda ishlash uchun noyob identifikator (MIFT ID) beriladi;
- bitimlar ishtirokchilari uchun HMda (hisob-kitob markazida) alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Bitimlar ishtirokchilari moliyaviy mablag‘lari hisobi ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi;
- raqamli ekotizimda shaxsiy kabinetlar ochilib, ularga tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotlar va boshqa kerakli ma’lumotlar yuboriladi va ular orqali raqamli ekotizim bilan integratsiyalashgan elektron tizimlarda bitimlar tuzish tartib-taomillarida ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.
Mavzuga oid
09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
12:50 / 10.10.2024
Uzex Agro platformasi ishga tushirilmoqda
23:45 / 01.08.2024