Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xersonning ozod qilingan hududlaridan ilk kadrlar, Rossiyada yaqinlar bilan xayrlashuv. Urush suratlari
28 sentabr kuni dastlab «LXR» rahbari Leonid Pasechnik Vladimir Putinga hududni «Rossiyaga qo‘shib olish»ni so‘rab murojaat qildi. Uning ortidan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiya tomonidan bosib olingan qismlari rahbarlari Vladimir Saldo va Yevgeniy Balitskiy ham shunday yo‘l tutishdi. Shimoliy Osetiya rahbari Sergey Menyaylo Rossiyaning boshqa hududlariga mansub avtoraqamlar taqilgan mashinalar respublika hududiga kirishini taqiqladi: respublikada Gruziya bilan chegarada safarbarlikdan qochayotgan odamlar o‘nlab kilometrlarga cho‘zilgan navbatlar hosil qilishgan. Kiyev prokuraturasi urushning ikkinchi kunida Rosgvardiya a’zolari Gostomelda tinch aholi avtomobillarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi va videolarni taqdim etdi — RF mudofaa vazirligi bu bayonotga munosabat bildirmadi.
Quyida 28 sentabr, urushning 217-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkivdagi temiryo‘l stansiyasiga zarba oqibatlari
Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati region o‘t o‘chiruvchilari bir kun ichida to‘qqiz bor olovni o‘chirish uchun chaqirilganini ma’lum qildi, bu holatlarning aksari otishmalar oqibatida ro‘y bergan. Vazirlikka ko‘ra, Xarkivdagi infratuzilma obektlariga uchta raketa kelib tushgan.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Mikolayivka qishlog‘idagi vayrongarchiliklar
28 sentabr tongida Rossiya kuchlari Donetsk oblastining Mikolayivka qishlog‘ini o‘qqa tutdi. Favqulodda xizmatlar hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgani va maktab binosi qisman shikastlangani haqida xabar bergan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Xerson oblastining ozod etilgan hududlaridan ilk kadrlar
Avgust oyi oxirida Ukraina qurolli kuchlari Xerson va Xarkiv oblastlarida qarshi hujumga o‘tgandi. Sentyabr oyi o‘rtalarida Ukraina janubida front chizig‘i 12 kilometrga oldinga siljidi, Ukraina armiyasi generali Dmitro Marchenkoga ko‘ra, mamlakat janubida 13 ta aholi yashash manzillari va 500 kvadrat kilometr hudud qaytarib olingan. «Meduza» hisoblariga ko‘ra, sentabr oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hudum natijasida jami 4,2 ming kvadrat kilometr hududni ozod etgan.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya chegaralaridagi navbatlar
Safarbarlikning ilk kunidan rossiyaliklar yoppasiga mamlakatni tark etishga kirishdi. Gruziya va Qozog‘iston bilan chegarada o‘nlab kilometrlarga cho‘zilgan navbatlar hosil bo‘ldi. Finlandiya hukumati shengen vizasiga ega rossiyaliklar uchun chegarani yopishga hozirlanmoqda. Norvegiya bilan chegara hozircha odatiy rejimda ishlamoqda.
Valeriy Sharifulin / TASS
Valeriy Sharifulin / TASS
Valeriy Sharifulin / TASS
Valeriy Sharifulin / TASS
Rossiyadagi safarbarlik
21 sentabr kuni Vladimir Putin «qisman» safarbarlik boshlanganini e’lon qildi. O‘tgan vaqt davomida minglab rossiyaliklar harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozi olishdi — hech qachon armiyada xizmat qilmagan va harbiy mutaxassisligi yo‘q bo‘lganlarga, shuningdek harbiy xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga ham chaqiruv qog‘ozlari kelgan.
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Vanya Russkiy / Kommersant’ /Sipa USA / Vida Press
Luhanskdagi bilbordlar
AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025