Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya kompaniyasi Qo‘qonda shaharcha quradi
Koreyalik hamkorlar bilan Qo‘qon shahrida barpo etiladigan Hanshin Park City loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri - Hanshin Engineering & Construction boshqaruvi raisi Chxve Yon Son boshchiligidagi delegatsiya vakillari Farg‘ona viloyat hokimi Xayrulla Bozorov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqot chog‘ida Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan Qo‘qon shahrida amalga oshirishga kirishilayotgan Hanshin Park City shaharchasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi mart oyida Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi doirasida Qo‘qon shahrida Hanshin Park City shaharchasini barpo etish bo‘yicha qiymati 250 million dollarlik investitsion kelishuv imzolagandi.
Kelishuvga ko‘ra, Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi Qo‘qon shahrida 9, 12 va 16 qavatli 5122 xonadondan iborat 127 ta ko‘p qavatli turar joy binosi, taunxauslar, markaziy bog‘, maktab, bolalar bog‘chasi va boshqa zarur ijtimoiy obektlardan iborat Hanshin Park City shaharchasini barpo etadi.
Turar joylar yerosti qavatlaridan avtoturargohlar ham o‘rin oladi. 3 yillik reja asosida amalga oshiriladigan loyiha dastlabki bosqichida jami 206 ta xonadondan iborat 6 ta 9 qavatli turar joy binosi qad rostlaydi. Muloqot chog‘ida tomonlar ushbu loyihani amalga oshirish borasida fikr almashdi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025