Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga beg‘araz yordam doirasida kelgan tibbiy uskunadan tijorat maqsadida foydalanishga ruxsat beriladi
“Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda beg‘araz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Budjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasiga muvofiq kiritilayotgan o‘zgartishlar natijasida Budjet kodeksi:
64-moddasida O‘zbekistonga beg‘araz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan tijorat maqsadlarida foydalanish imkoni yaratiladi;
175-moddasidan Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlari vakolatlari doirasidan aksiz solig‘i to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi hamda aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlar aksiz markalari bilan to‘liq tamg‘alanishi va olingan aksiz markalari soni ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish funksiyasi chiqarib tashlanadi;
177-moddasi yangi tahrirda bayon qilinib, unga ko‘ra qayta tashkil etilgan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari nomi va vazifalariga tuzatishlar kiritiladi.
Qonun loyihasi 4 ta moddadan iborat bo‘lib, loyiha qabul qilinishi Budjet kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
12:28 / 01.05.2025
Elektron tijoratda kurerlik faoliyatini tartibga solish rejalashtirilyapti
09:54 / 11.06.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani aytildi
12:35 / 12.04.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani aytildi
07:20 / 23.02.2024