Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani aytildi
O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari tashrif buyurgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 38,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni bo‘yicha Turkmaniston yetakchi — 23 376 nafar kishi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Tojikiston — 11 186 nafar;
- Afg‘oniston — 1087 nafar;
- Xitoy — 547 nafar;
- Turkiya — 410 nafar;
- Hindiston —366 nafar;
- Qirg‘iziston — 231 nafar;
- Janubiy Koreya — 227 nafar;
- Eron — 115 nafar;
- AQSh — 115 nafar;
- boshqa davlatlar — 747 nafar.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025