Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yadro qurolini qo‘llaydigan bo‘lsa, uni jiddiy oqibatlar kutadi – NATO bosh kotibi
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiyaning harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda va uning yadro qurolini qo‘llashga tayyorligini ko‘rmayapti.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya yadro qurolini qo‘llaydigan bo‘lsa, uni jiddiy oqibatlar kutishini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO Rossiyaning harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda va uning yadro qurolini qo‘llashga tayyorligini ko‘rmayapti.
Stoltenberg shuningdek, Rossiyaga yangi sub’yektlarning qo‘shilishi NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash qarorini o‘zgartirmasligini ta’kidladi.
«Hududlarni annexia qilish kuchlilik emas, ojizlik belgisi»,— dedi u.
Shuningdek, Yyens Stoltenberg Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga ham javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir demokratik davlat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishga haqli. Ammo qaror alyansga a’zo barcha mamlakatlar tomonidan qabul qilinadi.
«Yettilik guruhi» (G7) tashqi ishlar vazirlari ham «DNR», «LNR», Zaporijjya va Xerson oblastlarining Rossiyaga qo‘shilishini hech qachon tan olmasliklarini bildirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025