Polsha O‘zbekistonda yangi neft konlari aniqlangani haqida e’lon qildi
Polshaning Eurogospodarka iqtisodiy jurnalida «O‘zbekistonda yana bir boy kon topildi» sarlavhasi ostida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto:Christian Hartmann/Reuters
Nashrda O‘zbekiston oltin, kumush va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarda qayd etilishi ta’kidlangan. Geologiya-qidiruv va qazish ishlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilishiga e’tibor qaratilgan.
«2019 yilda ushbu maqsadlar uchun qariyb 94 million dollar ajratilgan. Keyingi yillarda bu miqdor doimiy ravishda oshib bormoqda. Mamlakatda turli qimmatbaho foydali qazilmalar konlari topilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston hududida Mendeleyev davriy jadvali barcha elementlari mavjudligidan dalolat beradi», deb yozadi Polsha jurnali.
Ma’lum qilinishicha, ultraleptik neft va bitum konlari O‘zbekiston Energetika vazirligi buyurtmasiga asosan Sanoat Energetika Guruhi (SEG) va Kontiki-Exploration kompaniyalari tomonidan 450-700 metr chuqurlikda aniqlangan. Bugungi kunda ular mamlakatdagi eng yirik konlar hisoblanadi.
«Vazirlik tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, maksimal yillik ishlab chiqarish darajasi 2025 yilda 1 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda», deyiladi maqolada.
Mavzuga oid

08:12 / 08.04.2025
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi

08:00 / 07.04.2025
Rossiya neft qopqoniga tushib qoldi - Bloomberg

15:24 / 05.04.2025
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi

13:36 / 04.04.2025