Jahon | 16:20 / 01.10.2022
27491
5 daqiqa o‘qiladi

Zaporijjyaga zarba qurbonlari, Xarkivda istilo oqibatlari. Urush suratlari

30 sentabr kuni Vladimir Putin «DXR» va «LXR», shuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan hududlarini «Rossiyaga qo‘shib olish» bo‘yicha farmonini imzoladi. Undan oldin esa uzundan uzoq nutq so‘zladi, kechqurun Qizil maydonda «bayramona» konsert uyushtirildi. Yangi hududlar annexia qilinishiga javoban Volodimir Zelenskiy Ukraina NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini ma’lum qildi. Shu kuni tongda Zaporijjyada gumanitar karvon o‘qqa tutildi, natijada kamida 25 kishi halok bo‘lgan: Rossiya va Ukraina bunda bir-birini ayblagan. Putin kuzgi chaqiriq to‘g‘risidagi farmonini imzoladi: unga ko‘ra 120 ming kishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Quyida 30 sentabr, urushning 219-kuni Ukraina va Rossiyada olingan asosiy suratlar.

Kunning asosiy voqeasi. Putin Ukraina hududlari annexiasini e’lon qildi

Xerson va Zaporijjya oblastlarining rossiyaparast «rahbarlari» Vladimir Saldo va Yevgeniy Balitskiy, Vladimir Putin va «DXR» hamda «LXR» «rahbarlari» Denis Pushilin va Leonid Pasechnik RF prezidentining mazkur hududlar «Rossiyaga qo‘shilishi» haqidagi nutqidan keyin. 30 sentabr kuni Putin Ukraina hududlarini annexia qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Foto: Getty Images

Kunning yana bir fojiali voqeasi — Zaporijjyadagi gumanitar karvonga zarba

Zaporijjyaga raketa zarbasidan hosil bo‘lgan o‘ra. 30 sentabr tongida oblastda gumanitar karvon o‘qqa tutildi. Ukraina tomoni bunda Rossiya armiyasini, Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat — Ukrainani ayblagan. 25 kishi halok bo‘lib, 74 kishi yaralangan.
Kateryna Klochko / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi ustiga tortib qo‘yilgan mato
Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Zaporijjyaga zarba vaqtida o‘z mashinasida halok bo‘lgan kishi.
Kateryna Klochko / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi.
Dmytro Smolienko/ Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Zaporijjyaga raketa zarbasi chog‘ida shikastlangan miniven.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Zaporijjyada 30 sentabr kungi hujum vaqti qurbon bo‘lganlarning jasadlarini yig‘moqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi ozod qilingan Kirillovka qishlog‘i

Kirillovkalik kishi rossiyaliklar tashlab ketgan tank yonidan o‘tmoqda. Kirillovka Xarkiv oblasti janubi-g‘arbida joylashgan. Sentyabrda Ukraina armiyasi ushbu regionning katta qismini qaytarib oldi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kirillovkada o‘z avtomobilida halok bo‘lgan kishi. Xarkiv oblastining ozod qilingan hududlarida istilo chog‘ida rossiyaliklar tomonidan ko‘plab tinch aholi vakillari va ukrain askarlari o‘ldirilgani dalillarini topishdi. Xususan, Izyum shahrida 450 jasad ko‘milgan ommaviy qabr aniqlangan. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ozod etilgan Kirillovkada rossiyaliklar tanki yonida turgan ukrain harbiylari
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Zambilga solingan rossiyalik askar jasadi, Kirillovka
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti istilodan keyin

Dala maydonida aviazarbalardan hosil bo‘lgan o‘ralar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
RF armiyasining yakson etilgan harbiy texnikasi
Oleg Patrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yakson etilgan harbiy mashinalari qoldiqlari
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA

Sverdlovsk oblastida safarbar qilinganlar uchun gumanitar yordam markazidagi ko‘ngillilar

Sverdlovsk oblastining Yekaterinburg shahrida safarbar qilinganlar uchun ochilgan gumanitar yordam markazida ishlayotgan ko‘ngilli
Foto: Donat Sorokin / TASS
Yekaterinburgdagi Ko‘ngillilar uyida safarbar qilinganlar uchun buyumlarni qadoqlayotgan ko‘ngilli talabalar
Foto: Donat Sorokin / TASS
Sverdlovsk oblastida Berezovskiy shahrida Safarbar qilinganlarni qo‘llab-quvvatlov markazida armiya uchun buyumlar yig‘ayotgan ko‘ngillilar
Foto: Donat Sorokin / TASS

Mavzuga oid