Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya bosh vaziri Erdo‘g‘an bilan uchrashishga tayyorligi ma’lum qilindi
Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar 23 avgust kuni Turkiya samolyotlari Egey dengizi ustida Gretsiyaning S-300 havo hujumidan mudofaa tizimlari nishoniga olinganidan so‘ng keskinlashdi.

Foto: αρχείου: ΙΝΤΙΜΕ
Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ushbu haftada Pragada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashishga tayyor. Bu haqda Kathimerini nashri hukumat rasmiy vakili Ioannis Ikonomga tayanib xabar berdi.
"Agarda o‘z bayonotlari bilan keskinlikni kuchaytirgan Turkiya prezidenti Gretsiya bosh vaziri bilan uchrashadigan bo‘lsa, Gretsiya tomoni bunga ijobiy javob qaytaradi", - deya Ikonomning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar 23 avgust kuni Turkiya samolyotlari Egey dengizi ustida Gretsiyaning S-300 havo hujumidan mudofaa tizimlari nishoniga olinganidan so‘ng keskinlashdi.
Turkiya hukumati harbiy samolyotlari Gretsiya tomonidan ta’qib qilinishi masalasini NATO darajasida ko‘tarib chiqishini ma’lum qildi.
Sentyabr boshlarida Erdo‘g‘an Gretsiyani tarixdan saboq olishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

21:12 / 23.05.2025