Jahon | 20:51 / 04.10.2022
10205
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshning deyarli butun aholisi elektrsiz qoldi

Ma’lum qilinishicha, mamlakatning sharqiy qismida elektr ta’minotida uzilish ro‘y bergan.

Foto: Mahmud Hossain Opu/AP

Bangladeshda 140 milliondan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qoldi. 

Ma’lum qilinishicha, bunga energiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. 

Avariya mamlakatning shimoli-g‘arbiy regionlaridan tashqari butun hududiga ta’sir qildi. 

«Bangladesh energetikani rivojlantirish kengashi vakillari mamlakatning sharqiy qismida elektr ta’minotida uzilish ro‘y berganini ma’lum qildi. Barcha elektr stansiyalari faoliyati to‘xtadi, poytaxt Dakka va boshqa yirik shaharlar elektrsiz qoldi»,— deb xabar berdi Al jazeera

Yozda Bangladeshda energetika inqirozi sababli yonilg‘i narxi rekord darajada ko‘tarilgan va hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid