Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fizikadan 2022 yilgi «Nobel»ga kvant mexanikasidagi yutuqlari uchun 3 fizik olim sazovor bo‘ldi
2022 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Alen Aspekt, Jon F. Klauzer va Anton Zaylingerga topshirildi.
Seshanba kuni Stokholmdagi tashkiliy qo‘mitada Alen Aspekt, Jon F. Klauzer va Anton Zaylinger kvant mexanikasidagi yutuqlari uchun fizika bo‘yicha Nobel mukofotini oldi.
Uchlik «chigal fotonlar bilan tajribalar o‘tkazish, Bell tengsizlik teoremasi buzilishini aniqlash va kvant axborot faniga asos solgani» uchun g‘olib bo‘ldi.
Har bir g‘olib «chigal kvant holatlari» yordamida tajribalar o‘tkazdi, bunda ikkita zarracha birdek harakat qiladi va hatto ajralgan holatda ham bir-biriga ta’sir qiladi.
Aspect Fransiyada, Klauzer Kaliforniyada va Zaylinger esa Avstriyada tug‘ilgan. Ularning kashfiyotlari Jon Styuart Bellning ishini to‘ldirdi va ularning teoremasi ilmiy dunyoning kvant mexanikasi haqidagi tushunchasini o‘zgartirdi.
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi ma’lum qilishicha, uchlikning ishi kvant texnologiyasining yangi davri uchun zamin yaratdi.
Ma’lumot uchun, fizika bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofotiga 3ta olim sazovor bo‘lgan. «Murakkab fizik tizimlarni tushunishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» Syukuro Manabega, «yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgaruvchanlikni miqdoriy aniqlash va global isishni ishonchli bashorat qilish» borasidagi ishi uchun Klaus Xasselmanga va «fizik tizimlardagi tartibsizliklar va tebranishlarning atomdan sayyoragacha bo‘lgan o‘zaro ta’sirini kashf etgani uchun» Jorjio Parisiga topshirilgan.
Mavzuga oid
01:51 / 11.12.2024
Nobel mukofoti sovrindorlari taqdirlandi - fotosuratlar
15:41 / 14.10.2024
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Daron Ajyemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jyeyms Robinsonga berildi
15:36 / 08.10.2024
Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sun’iy intellekt ustida olib borilgan ishlar uchun berildi
23:25 / 03.10.2024