Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin yadro qurolini Qora dengizda sinab ko‘rishi mumkin – OAV
Vladimir Putin safarbarlik munosabati bilan qilgan murojaatida Rossiya hukumati o‘z hududini himoya qilish uchun barcha vositalardan foydalanishini aytgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro quroli sinovini o‘tkazish orqali undan foydalanishga tayyorligini namoyish etmoqchi, deb xabar berdi The Times gazetasi NATO razvedkasidagi manbalariga tayanib.
Nashr asoslanayotgan xalqaro ekspertlarning fikricha, Putin yadro qurolini Qora dengizda sinab ko‘rishi mumkin. Gazetaning yuqori lavozimli harbiy manbasi agar Putin bu quroldan jang maydonida foydalanadigan bo‘lsa, u sezilarli xatarga duch kelishi mumkinligini aytdi.
"Raketalar kutilmaganda Ukraina chegarasi yaqinidagi Belgorod shahriga tushishi mumkin", dedi u.
Gazetaning boshqa manbalarining so‘zlariga ko‘ra, NATO o‘z ittifoqchilariga Rossiya yadro qurolini tashiy oladigan "Poseydon" suvosti kemasini sinab ko‘rishi mumkinligi haqida hisobot jo‘natgan. Hisobotda aytilishicha, K-329 "Belgorod" atom suvosti kemasi Arktikaga yo‘l olgan. La Repubblica gazetasining yozishicha, "Poseydon"ni Kara dengizi hududida sinab ko‘rishlari mumkin.
Putin yadro qurolidan foydalanishga tayyorligi borasidagi xavotirlar Rossiya mudofaa vazirligining atom qurollari, ularni saqlash va tashishga javobgar bo‘lgan 12-bosh boshqarmasiga tegishliligi taxmin qilingan poyezd bilan bog‘liq video paydo bo‘lganidan so‘ng kuchaydi, deb yozadi The Times. Avvalroq polshalik harbiy ekspert Konrad Muzika "Ribar" Telegram-kanalida joylashtirilgan videoni aniqlagandi.
Videodagi poyezd "Spitsa" jangovar modullari ortilgan KamAZ-43269 zirhli mashinalarini tashib ketmoqda, deyilgan "Ribar" izohida. Muzikaning so‘zlariga ko‘ra, bu texnika 12-boshqarmaga tegishli.
Videoga ko‘ra, texnika ortilgan poyezd Sergiyev Posad hududida tasvirga olingan. Ochiq manbalarga ko‘ra, u yerda Rossiya mudofaa vazirligining 12-bosh boshqarmasi bazasi joylashgan.
21 sentabr kuni Putin safarbarlik munosabati bilan qilgan murojaatida Rossiya hukumati o‘z hududini himoya qilish uchun barcha vositalardan foydalanishini aytgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025