Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Xorazmda turizmni rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining Buxoro viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining 2022-2026 yillarda turistik salohiyatini kompleks rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilindi.
Hujjatlar ushbu hududlarda turizmni rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar hamda yillik maqsadli ko‘rsatkichlarni nazarda tutmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Mo‘ynoqda turizm masalalariga oid xalqaro konferensiya o‘tkazish; Qoraqalpog‘iston har bir shahar va tumanidan 500 nafar aholini respublikaning turistik hududlariga yuborilishini tashkillashtirish.
Xorazm viloyati: Xorazmshohlar davlat muzeyini tashkil etish; “Xorazm” turistik brendini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazish; 2024 yilga qadar Xiva shahrigacha tezyurar poyezdni yo‘lga qo‘yish; “Urganch-Boku-Urganch”, “Madrid-Urganch-Toshkent” yo‘nalishlari bo‘yicha, shuningdek Pokiston, Indoneziya, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlaridan muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish; turistik mahallalarni barpo etish.
Buxoro viloyati: 2022-2026 yillarda Buxoroga turistik oqimni (mahalliy va xorijiy) 5 mln nafarga, ushbu sohada eksport hajmini 600 mln AQSh dollariga yetkazish; 800 dan ziyod madaniyat obektlarini birma-bir restavratsiya qilish; Street Food gastronomik ko‘chasini barpo etish; “Qadimgi Poykent” arxeologik yodgorligini muzeyga aylantirish va arxeologik park barpo etish; Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya muzeylarida saqlanayotgan, Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub qo‘lyozmalar nusxalarini shakllantirish va Buxorodagi muzeyga joylashtirish; Buxoro jayronlar pitomnigini turistik joyga aylantirish; yoshlar turistik forumini o‘tkazish.
Hujjatlarda ushbu hududlardagi bo‘sh turgan yerlarni auksion orqali mehmonxona va xostellar qurilishi uchun ajratish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
23:32 / 13.11.2024