O‘zbekiston | 17:03 / 05.10.2022
7725
1 daqiqa o‘qiladi

Finnair Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Foto: AP

Transport vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi, Investitsiyalar vazirligi mas’ullari, Uzbekistan Airports hamda Finlyandiyaning Finnair aviakompaniyasi vakillari ishtirokida video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Finnair aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga kelish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda aviakompaniya rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Aviakompaniya yo‘lovchi tashuvlarini Uzbekistan airways bilan "Kod-sher" tijoriy kelishuvlari asosida amalga oshirish, yuk tashuvlari yo‘nalishida reyslarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Muloqot davomida Transport vazirligi xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Mavzuga oid