Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ukraina hududlari anneksiyasi haqidagi qonunlarni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»ni, shuningdek, Xerson va Zaporijjya oblastlarining egallab olingan hududlarini anneksiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi.
Davlat Dumasi ushbu qonunlarni 3 oktyabrda qabul qildi, ertasi kuni ular Federatsiyalar kengashi tomonidan tasdiqlandi.
Rossiya Konstitutsiyaviy sudi 30 sentabr kuni Kremlda imzolangan Ukrainaning bosib olingan oblastlarini «Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish» to‘g‘risidagi shartnomalarni ma’qulladi.
Shunday qilib, Konstitutsiyaviy sud Ukrainaning Zaporijjya va Xerson oblastlari, shuningdek, «DXR» va «LXR»ni Rossiya qonunlariga muvofiq «Rossiyaga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalar»ni ko‘rib chiqdi.
Sud tomonidan ma’qullanishi - Ukraina hududlarini Rossiya tomonidan anneksiya qilish bo‘yicha rasmiy tartibdagi qadamlardan biri. So‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin shartnomalarni ratifikatsiya qilish uchun Davlat dumasiga yubordi va shu bilan birga «yangi hududlarni qabul qilish» to‘g‘risidagi federal konstitutsiyaviy qonunni kiritdi.
30 sentabr kuni Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR», «LXR» hamda bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga «kirish to‘g‘risidagi shartnomalari» imzolandi. Undan oldin bosib olingan hududlarda psevdoreferendumlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025