Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
9 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani aytildi.
2022 yilning 1 oktabr holatiga 3,9 mln nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilyapti – 1,8 mln.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 774,1 ming nafar va 535,1 ming nafar nafar o‘zbekistonlik safar qilgan Qozog‘iston hamda Tojikiston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 239,1 ming nafar;
- Rossiya – 195,7 ming nafar;
- BAA – 85,0 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 51,2 ming nafar;
- Misr – 29,6 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 16,8 ming nafar;
- AQSh – 12,6 ming nafar;
- Hindiston – 7,7 ming nafar;
- Gruziya – 7,5 ming nafar.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
12:13 / 21.05.2025