KXDR Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi
Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga ballistik raketa uchirgani taxmin qilinmoqda.
Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, Yonhap axborot agentligi xabar berdi. Ammo raketaning qanday ekani noma’lumligi qayd etildi.
«Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon noma’lum ballistik raketani uchirdi», — deyiladi agentlik bayonotida. Bu so‘nggi ikki hafta ichida yettinchi marta yuz bergan.
Raketa uchirilishiga Yaponiya ham e’tibor qaratdi. Mamlakat qirg‘oq xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, raketa mahalliy vaqt bilan shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi uchirilgan. Xizmat vakillari mintaqadagi kemalarni raketa qoldiqlari topilgan taqdirda zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishga chaqirdi.
Mamlakat qirg‘oq xavfsizligi xizmati raketaning allaqachon qulab tushganini qayd qilgan. Biroq, uning qulab tushgan joyi noma’lum.
Mavzuga oid
17:46
WSJ: Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
23:01 / 21.11.2024
Putin Dneprga «Oreshnik» ballistik raketasi yordamida zarba berilganini ma’lum qildi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
19:15 / 20.11.2024